cat about.md

Men haqimda

Salom! Men Muhammadyusuf Olimjonov, 19 yoshdaman, Toshkentda yashayman. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari yo'nalishi (Statistika profili) bo'yicha tahsil olayotgan talabaman va Data Analytics sohasida rivojlanayapman.

Men ma'lumotlardan foydali xulosalar chiqarish, biznes muammolarini raqamlar orqali tushunish va tahlil natijalarini sodda va tushunarli ko'rinishda taqdim etishga qiziqaman. BI-analitik sifatida dashboardlar qurish, hisobotlarni tayyorlash, ma'lumotlarni tozalash va gipotezalarni tekshirish bilan shug'ullanaman.

Hozirda SQL, Excel, Power BI va Python bilan ishlayman — shulardan SQL, Excel, Power BI, biznes va moliyaviy tahlilda chuqur, Python'da esa o'rta darajadaman. Portfolio loyihalarim orqali real ma'lumotlar ustida biznes tahlili, ma'lumotlarni tozalash, KPI'lar va vizualizatsiya bilan tajriba orttiryapman.

Bu sayt — mening portfolio va shaxsiy learning space'im. Bu yerda loyihalarim, tahlillarim va Data Analytics yo'lidagi o'rganishlarimni jamlayman. Hozircha to'liq stavka, yarim stavka, loyiha asosidagi ishlar va amaliyot/stajirovkaga ochiqman — masofadan, ofisda yoki gibrid tarzda ishlashga tayyorman, shuningdek xizmat safarlariga ham tayyorman.

Ish tajribasi

Avgust 2026 — hozirgi kunga qadar (2 oy)

BI-analitik / IT konsalting

Freelancer.com · IT, tizimlarni integratsiyalash, Internet

  • Tizimlarni integratsiyalash, korporativ jarayonlarni avtomatlashtirish va IT konsalting
  • Mahsulot va biznes ma'lumotlarini analitik dashbordlarda vizualizatsiya qilish
  • So'rov bo'yicha yoki muntazam ravishda analitik hisobotlarni shakllantirish va chiqarish
  • Ma'lumotlardagi insaytlar, bog'liqliklar va qonuniyatlarni topish va talqin qilish
  • Ma'lumotlarni oldindan qayta ishlash, tozalash va tahlilga tayyorlash
  • ETL-jarayonlar va ma'lumotlar ombori ishini tekshirish

Ta'lim

2025 — 2029 (bakalavr)

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari — Statistika yo'nalishi

Sertifikatlar

SQL (Intermediate) Certificate

2026

Finding, Sorting & Filtering Data in Microsoft Excel

2026

Customer Support Data Analysis with Google Sheets

2026

Working with BigQuery

2026